Live
1
O'zbek

Simeone Xulian Alvares «Atletiko»da qolishini tasdiqladi

Futbol
18 avgust, 07:17
Alvares 2024 yil yozida «Manchester Siti»dan «Atletiko Madrid»ga o‘tgan.
Simeone Xulian Alvares «Atletiko»da qolishini tasdiqladi
Foto: Getty Images

«Atletiko Madrid» bosh murabbiyi Diyego Simeone hujumchi Xulian Alvares jamoada qolishini ma’lum qildi.

«Agar klub egasi bu borada o‘z fikrini bunchalik qat’iy bildirgan bo‘lsa, qo‘shimcha qiladigan gap ko‘p emas. Bu suddagi holatga o‘xshaydi: endi hech qanday shubha uchun o‘rin qolmadi», — dedi Simeone.

Shu tariqa, argentinalik mutaxassis Alvaresning kelajagi bo‘yicha klub pozitsiyasi aniq ekanini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Xulian Alvares 2024 yil yozida «Manchester Siti»dan «Atletiko Madrid»ga o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Atletiko» rahbariyati ham 26 yoshli hujumchining jamoada qolishi borasida qat’iy pozitsiyasini bildirgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar