«Atletiko» «Tottenhem» himoyachisi Kristian Romeroning transferini rasman e’lon qildi. 28 yoshli argentinalik futbolchi Madrid klubi bilan 2031 yil 30 iyunigacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Transfer summasi bonuslarni hisobga olgan holda 40 million yevroni tashkil etadi.
Romero «Tottenhem» safida besh mavsum o‘tkazib, 156 ta bahsda maydonga tushdi. U London klubi bilan 2025 yilda Yevropa ligasida g‘olib chiqdi.
Ma’lumot uchun, Romero Argentina milliy jamoasi bilan 2022 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi