Live
12
O'zbek

«Barselona» Rodri uchun uchinchi taklifni yubordi

Futbol
15 avgust, 06:35
Kataloniya klubi 30 yoshli yarimhimoyachi transferini yakunlash borasida optimistik kayfiyatda.
«Barselona» Rodri uchun uchinchi taklifni yubordi
Foto: Getty Images

«Barselona» «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri transferi bo‘yicha uchinchi taklifini yubordi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 30 yoshli futbolchi uchun 60 million funtdan ko‘proq taklif qilgan. «Barselona» transferni yakunlash masalasida optimistik kayfiyatda.

Avvalroq «Manchester Siti» «Barselona»ning 51,3 million funtlik taklifini rad etgandi. Kataloniya klubi Rodri transferi uchun yangi taklif bilan chiqishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rodri 2024 yilda «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar