Live
9
O'zbek

«Nyukasl» Amar Dedich transferi bo‘yicha «Benfika» bilan kelishuvga erishdi

Futbol
15 avgust, 08:14
Bosniyalik himoyachi transferni amalga oshirishni ustuvor maqsad qilgan.
«Nyukasl» Amar Dedich transferi bo‘yicha «Benfika» bilan kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «Nyukasl» Amar Dedich transferi bo‘yicha «Benfika» bilan kelishuvga erishdi.

Tomonlar transferning umumiy qiymati 35 million yevro bo‘ladigan kelishuvni tuzgan. Bitimda «Benfika» foydasiga keyingi sotuvdan ulush olish bandi ham mavjud.

Portugaliya klubi Dedichni jamoada olib qolishni istagan, biroq 23 yoshli futbolchi «Nyukasl»ga o‘tishni ustuvor maqsad qilgan. Bosniyalik himoyachi yangi bosh murabbiy Matias Yaysle qo‘l ostida ishlashni intiqlik bilan kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dedich o‘tgan mavsum «Benfika» safida barcha turnirlarda 45 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar