Live
9
O'zbek

Arteta Gvardiolaning «Manchester Siti»dan ketishi haqida: «Buni sezgandim»

Futbol
15 avgust, 07:15
«Arsenal» bosh murabbiyi ispaniyalik mutaxassisning qarori uning uchun kutilmagan bo‘lmaganini aytdi.
Arteta Gvardiolaning «Manchester Siti»dan ketishi haqida: «Buni sezgandim»
Foto: Getty Images

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti»ni tark etish qarori haqida fikr bildirdi.

55 yoshli mutaxassis 2016 yildan buyon «Manchester Siti» bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. O‘tgan mavsum uning Manchester klubidagi so‘nggi mavsumi bo‘ldi. Arteta Gvardiolaning ketish qarorini oldindan aniq bilmaganini, biroq buni sezganini ta’kidladi.

«Men buni aniq bilmasdim, ammo shunday bo‘lishi mumkinligini sezgandim va qandaydir tushunchaga ega edim. Bunday fikrlar paydo bo‘layotgandi. Biroq u kabi inson bir kuni uyg‘onib, atrofida ko‘rayotgan narsalaridan ilhom olishi mumkin. U buni o‘n yil davomida amalga oshirdi, hozirgi davr uchun bu shunchaki aql bovar qilmas holat», — deya Artetaning so‘zlarini DailyAFC keltirdi.

Gvardiolaning o‘rnini «Manchester Siti»da Enso Mareska egalladi.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» va «Arsenal» 16 avgust kuni Angliya Superkubogi uchun bahsda maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Superkubogi Angliya Superkubogi
Bugungi yangiliklar