«Real» hujumchisi Kilian Mbappe yangi mavsum boshlanishi arafasidagi mashg‘ulotlar jarayoni haqida fikr bildirdi.
Fransiyalik futbolchi «Real»ning mavsumoldi o‘rtoqlik bahslarida ishtirok etmadi. U yaqinda ta’tildan qaytib, jamoa ixtiyoriga yetib keldi.
«Men bor kuchimni berishga harakat qilyapman, chunki hozir imkon qadar yanada jiddiyroq mashg‘ulot o‘tkazish kerak bo‘lgan davr. Keyin, bahslar boshlangach, tiklanish va yuklamani to‘g‘ri taqsimlash birinchi o‘ringa chiqadi. Mavsum boshlanishi oldidan yaxshi sport formasiga kirish va La Ligadagi ilk bahsga to‘liq tayyor holda yetib borish muhim», — deya Mbappening so‘zlarini The Touchline keltirdi.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lib, 25 ta gol urgan.