Italiyalik hujumchi Chiro Immobile faoliyatini yakunlashi haqidagi qarorini izohladi.
«Faoliyatimni yakunlashim haqida e'lon qilish menga yoqmaydi. Bu qayg'uli. Lekin shu on keldi. Mendanda xafa bo'lmasligingizni so'rayman.
Aslida esa men baxtliman, chunki rostan vaqti keldi. Men endi avvalgi Chiro Immobile bo'la olmayman», — deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Ma'lumot o'rnida, Chiro Immobile Italiya A Seriyasida 4 marta mavsumning eng yaxshi to'purari bo'lgan. U turli yillarda «Yuventus», «Latsio», «Beshiktosh», «Borussiya D», «Sevilya» va boshqa klublar sharafini himoya qilgandi.