Live
9
O'zbek

Enrike: "Ferran Torres – jahon darajasidagi futbolchi"

Futbol
15 avgust, 08:25
"PSJ" bosh murabbiyi ispan hujumchisining transferi haqida fikr bildirdi.
Enrike: "Ferran Torres – jahon darajasidagi futbolchi"
Foto: Getty Images

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike ispan hujumchi Ferran Torresning transferi haqida fikr bildirdi.

"Ushbu transferdan xursandman. Biz jamoamizni kuchaytiryapmiz. Barcha imkoniyatlarga ochiq bo‘lishimiz kerak, Ferran esa jahon darajasidagi futbolchi.

Biz uni juda yaxshi bilamiz. U bizning talablarimizga moslasha oladi, hujum chizig‘ining istalgan pozitsiyasida o‘ynashi mumkin. Tarkibda shunday futbolchi bo‘lishi muhim.

Biz Luis Kampush bilan birgalikda jamoani yaxshilash ustida ishlashda davom etyapmiz», — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Ma'lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda hujumchi "Barselona" safida barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 21 gol va 3 assist qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar