«PSJ» «Ayaks» bilan 21 yoshli belgiyalik vinger Mika Godtsning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida.
Parijliklar o‘z takliflarini yaxshilab, futbolchi uchun 55 million yevro to‘lashga tayyor. Amsterdam klubi bunday shartlarga rozi bo‘ldi, biroq tomonlar hali bitimni rasmiylashtirishni yakunlamagan - zarur hujjatlar hali imzolanmagan.
Godts «Ayaks»da 2023-yilning yanvaridan beri harakat qilib keladi. O‘shanda futbolchi «Genk» safidan Niderlandiyaga ko‘chib o‘tgandi. Ushbu mavsumda belgiyalik futbolchi 4 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, «Barselona» hujumchisi Ferran Torres ham «PSJ»ga o‘tishi haqida xabar berilgan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi