Bugun
29
O'zbek

Mareska Reynders haqida: «Ketishga qaror qilgan futbolchini fikridan qaytarish oson emas»

Futbol
14 avgust, 16:07
«Manchester Siti» bosh murabbiyi niderlandiyalik yarimhimoyachining ehtimoliy transferi haqida gapirdi.
Mareska Reynders haqida: «Ketishga qaror qilgan futbolchini fikridan qaytarish oson emas»
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Enso Mareska niderlandiyalik yarimhimoyachi Tijjani Reyndersning klubdan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

Avvalroq futbolchi Saudiya Arabistoninnig «Al Qodisiya» klubi safiga qo‘shilishga yaqin ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

«Ketishga qaror qilgan futbolchini jamoada olib qolish oson emas. Tijjanining vaziyati Trafford va ba’zi boshqa futbolchilarnikiga o‘xshash. O‘ylashimcha, agar klub, futbolchi va murabbiy o‘yinchining ketishi eng to‘g‘ri yo‘l deb hisoblasa, demak shunday bo‘lishi kerak», — dedi Mareska matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Reynders barcha musobaqalarni inobatga olganda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar