Bugun
29
O'zbek

Temur Kapadze: "Himoyadagi kamchiliklarimiz bizni bosh og'rig'imiz"

Eksklyuziv
14 avgust, 17:00
"Navbahor" ustozi "Bunyodkor"ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Temur Kapadze: "Himoyadagi kamchiliklarimiz bizni bosh og'rig'imiz"
Фото: Навбаҳор ПФК
14.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Navbahor Namangan Navbahor Namangan 4 : 3 Bunyodkor Bunyodkor

Superliganing 17-turida "Navbahor" o'z uyida "Bunyodkor"ni qabul qildi. Uchrashuv gollarga boy o'tdi va unda namanganliklar qiyinchilik bilan 4:3 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar bosh murabbiyi Temur Kapadze esa matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Birinchi navbatda "Navbahor" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Juda qiyin uchrashuv bo'ldi. Aslida bunday qiyin o'yin bo'lmasligi kerak edi. 2:0 edi, yana urishimiz kerak edi. G'iyosovni jarohati qandaydir ta'sir qildimi, bilmadu, ammo o'sha payt yigitlar o'yinni biroz tashlashdi. Himoyadagi xatolar bizga qimmatga tushishiga ozgina qoldi. "Bunyodkor" yaxshi o'yin ko'rsatdi, nafaqat bu o'yinda, balki barcha uchrashuvlarda ham yaxshi o'ynayapti, kurashayapti.

Alamlisi, ularni har bir tepgan to'pi darvozamizga kirdi. Xursand qiladigan narsa, oxirigacha kurashdik va g'alabani qo'lga kiritdik. Muxlislarimizni xursand qilishimiz zarur edi. Xudoga shukur, ularni oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Lekin himoyadagi kamchiliklarimiz bizni bosh og'rig'imiz. Buni ustida ishlaymiz, tahlil qilamiz. Chunki oson gollar o'tkazdik. Biz yanada dadilroq o'ynashimiz kerak.

- G'iyosovni o'rniga Abdurahmonov tushirildi. Shundan keyin "Bunyodkor" tashabbusga ega bo'ldi va hujumlari yorqinroq bo'ldi.

- Bundan oldin ham qanday nazorat qilishini bilardik. Ayniqsa himoyamizda Saidazamat qanotidan ko'p hujumlar uyushtirishdi. Boshida tushirmoqchi edik. Lekin shunaqa o'zgarish qildik. Abdurahmonov yomon o'ynamadi. Balki bundan ham yaxshiroq o'ynasa bo'lardi. Jiyanovni ikkinchi bo'limda jamoa charchaganida maydonga tushirib, o'yinni kuchaytirish xayolimda bor edi. Albatta u va boshqa o'yinchilar ham maydonga tushib o'yinni kuchaytirishdi. G'iyosovni jarohati va hisob 2:0 bo'lgach, o'yinni biroz tashlab yubordik. Raqib esa gollar urdi va bu ularga ustunlik berdi. Yana imkoniyatlarimiz bo'ldi, yana gollar urishimiz mumkin edi. "Bunyodkor"ni har bir zarbasi bizga qimmatga tushdi. Muhimi, uch oldik. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Oldimizda "Nasaf" bilan o'yin turibdi. Shu uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

- Asosiy tarkibda bir qator rotatsiyalarga qo'l urdingiz. Bu raqib o'yinidan kelib chiqib qilindimi yoki futbolchilarni charchoq alomatlari tufaylimi?

- Ketma-ket o'yinlarda baribir yigitlar toliqishadi. Zahiradagi har bir futbolchini asosiy tarkibda o'ynashga haqli deb bilaman. Hech kimni ajratmayman. Usmonov, G'iyosov kabilarni tushirdik, yaxshi o'ynashdi, gol ham urdi. Balki jarohat bo'lmaganda yana urish ehtimoli bor edi. Eng muhimi, bu g'alabamiz. Kimdir asosiy tarkibda, kimdir zahiradan tushadi, bitta narsa qilyapmiz, ular ham buni tushunib turishadi. O'yinlarimiz ko'p. Shu bois rotatsiya qilib, narigi futbolchilarni ham tonusda ushlashimiz kerak. Oddiy joyda jarohat olish ehtimoli bor.

- Muhammadali G'iyosovni jarohati jiddiy emasmi?

- Yo'q. Biz xavotirda edik. Hozir keldi, unchalik jiddiy emas ekan, qayirib olibdi. Xudo xohlasa, yaxshi bo'ladi. Hech kimga jarohat olishni tilamayman. Chunki bu futbolchini ancha orqaga tortadi. Jamoaga ham zarar bo'ladi. Bugun muhit ham zo'r bo'ldi. Butun o'yin davomida biz uchun "stress"li o'yin bo'ldi. Gol urganda doim gol o'tkazish alamli bo'larkan. Biz yaxshiroq o'ynashimiz va raqibga imkoniyat bermasligimiz kerak.

- Abdulla Abdullaev jamoaga keldi, birorta ham o'yin o'ynamasdan yana qaytib ketdi…

- Abdullaev bilan shartnoma yil oxirigacha edi, 5 oyga tuzganmiz, jarohatini bilgan holda. Bir oyda yaxshi bo'lishini aytishgan va keyin rentgen qilamiz dedi. Bir oy o'tdi, davolandi, yakka tartibda biroz shug'ullanishni boshladi. Lekin takroriy rentgenlarda jarohati bitishiga ancha bor ekan. Agar bir yarim yo ikki yillik shartnoma bo'lganida mayli tushunish mumkin edi. Lekin shunaqa kelishgan joyimiz bor ediki, agar jarohat uzoq cho'ziladigan bo'lsa, shartnomani bekor qilamiz. Birga-bir gaplashib, kelishganmiz. Menimcha, "Neftchi" bir yarim yo ikki yilga shartnoma berdi. Buni tushunsa bo'ladi. Bizda esa 5 oylik edi. 2-3 oydan keyin tarkibga qaytishi, sport formasini tiklashi bor. Moliyaviy holati ham bor. Bizga ham zahira kerakku. Rahbariyat gaplashdi, hech qanday muammo bo'lmadi. Abdullaev milliy jamoa a'zosi va O'zbekistondagi kuchli futbolchilardan biri. Tezda tuzalib, safga qaytishini tilakdoshiman. Baribir milliy jamoaga ham, o'ziga ham kerak. Qaerda bo'lsa ham omad tilayman. Bilasizlar, bizga yana o'yinchilar keldi, yaxshi tarkib shakllandi. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajarish uchun imkoniyatimiz yaxshi. Albatta, vaqt kerak. Kimni qanaqa kamchiligi borligi ko'rinyapti. Ammo tarkibda yaxshi o'yinchilar bor va bir-biriga munosib. Yosh va har taraflama jamoada balans mavjud», - deya Kapadzani so'zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • Bunyodkor Bunyodkor
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar