Bugun
8
O'zbek

Abdulla Abdullaev "Navbahor" bilan shartnomani bekor qildi

Futbol
10 avgust, 06:51
28 yoshli futbolchi 13 iyul kuni "lochilar" bilan shartnoma imzolagandi.
Abdulla Abdullaev "Navbahor" bilan shartnomani bekor qildi
Фото: ЎФА

"Navbahor" himoyachisi Abdulla Abdullaev jamoa bilan shartnomani bekor qildi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

28 yoshli futbolchi 13 iyul kuni "lochilar" bilan shartnoma imzolagandi. Jarohati sabab jamoa safida maydonga tushmayotgandi.

Markaziy himoya va tayanch yarimhimoyasida o'ynay oladigan futbolchi faoliyati davomida "Bunyodkor", OKMK va "Paxtakor" jamoalarida ham to'p tepgan.

Ma'lumot uchun, Abdullaev 2026 yildagi Jahon chempionatida Kolumbiya (1:3) va Portugaliyaga (0:5) qarshi bahslarda to'liq o'ynadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar