Saudiya Arabistonining «Al Ittihod» klubi Mussa Diabi bo‘yicha «Inter»da tushgan taklifni rad etdi. Bu haqda Sky Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «neradzurri» fransiyalik 27 yoshli vinger uchun 20 million yevro va Kristian Aslanining huquqlarini taklif qildi. Biroq Jidda klubi ushbu taklifni qabul qilishni istamagan.
Shunga qaramay, «Inter» shartlari yaxshilangan ikkinchi taklifni ham tayyorlamoqda.
Agar tomonlar kelishuvga erishsa, «Inter» Diabi uchun yiliga 6 million yevro atrofida maosh to‘laydi.
Ma'lumot uchun, Mussa o‘tgan mavsumda Jidda klubi safida barcha turnirlar doirasida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 15 ta golli uzatma qayd etgan.
Futbolchining Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.