"Manchester Yunayted" klubi "Leyptsig" himoyachisi David Raumga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga koʻra, mankunianliklar avvalroq "Nyukasl"ning chap qanot himoyachisi Lyuis Xollni oʻz safiga qoʻshib olishga uringan. Biroq 28 yoshli Raum endi "qizil iblislar" uchun muqobil variant sifatida koʻrilmoqda.
Raum oʻtgan mavsumda "buqalar" safida barcha turnirlarda 34 ta uchrashuv oʻtkazib, 3 ta gol va 9 ta assist qayd etgan.
Futbolchining "Leyptsig" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar moʻljallangan.
Transfermarkt ma'lumotlariga koʻra, Davidning bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.