"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik hujumchi Markus Reshford Dublindagi yig'inda jamoaga qo'shilishini ma'lum qildi.
"Men u bilan birga o'ynaganman. Markusning debyut uchrashuvida maydonda bo'lganman va shuning uchun bizning umumiy tariximiz bor.
Bu hafta Dublinda tarkibimiz to'liq bo'ladi. Biz u yerga to'g'ridan-to'g'ri uchib boramiz va bir necha kunni butun jamoa yana birga o'tkazamiz. Markus — bu jamoaning bir qismi", — deya Kerrikning so'zlarini keltiradi ESPN.
Ma'lumot o'rnida, 28 yoshli Reshford o'tgan mavsumni "Barselona"da ijaraga asosida o'tkazdi. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi.
Avvalroq Reshfordning "Barselona" bilan xayrlashgani ma'lum qilingan edi.