Live
2
O'zbek

"Kristal Peles" Uorton uchun narx belgiladi. "Chelsi" esa asosiy da'vogar

Futbol
9 avgust, 16:12
Shuningdek, "Real" va "Manchester Yunayted" jamoalari ham Adam uchun da'vogarlik qilmoqda.
"Kristal Peles" Uorton uchun narx belgiladi. "Chelsi" esa asosiy da'vogar
Фото: Getty Images

"Chelsi" va "Kristal Peles" yarimhimoyachi Adam Uorton bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "burgutlar" angliyalik 22 yoshli futbolchini 100 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. Aynan shu yuqori narx transfer bo'yicha muzokaralarning oldinga siljishiga to'sqinlik qilmoqda. "Chelsi" Uortonni tarkibga qo'shib olishni istasa, katta miqdorda mablag' sarflashi kerak bo'ladi.

Shuningdek, "Real" va "Manchester Yunayted" jamoalari ham Uorton uchun da'vogarlik qilmoqda.

O'tgan mavsumda Adam barcha turnirlarda 53 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Kristal Pelas Kristal Pelas
Bugungi yangiliklar