Live
5
O'zbek

«Fulhem» Chempionshipdan futbolchi sotib oldi

Futbol
9 avgust, 15:03
Futbolchi dushanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tishi rejalashtirilgan.
«Fulhem» Chempionshipdan futbolchi sotib oldi
Фото: Getty Images

«Fulhem» klubi «Sauthempton» yarimhimoyachisi Shi Charlzning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

The Athletic nashri xabar berishicha, London klubi 22 yoshli futbolchining transferi uchun 26 million funt sterling sarflaydi. Shuningdek, 4 mln funt sterling bonus ham kelishuvga kiritiladi.

Futbolchi dushanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tishi rejalashtirilgan. Shundan so'ng, u London klubi bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.

Shi Charlz o'tgan mavsumda Chempionshipda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fulhem Fulhem
Bugungi yangiliklar