Live
2
O'zbek

Atekeme ijara asosida «Lion»ga o'tmoqda – Romano

Futbol
9 avgust, 15:14
Ijara shartnomasida futbolchini sotib olish imkoniyati ko'zda tutilmagan.
Atekeme ijara asosida «Lion»ga o'tmoqda – Romano
Фото: Getty Images

«Milan» himoyachisi Zahari Atekeme faoliyatini «Lion» klubida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Klublar shveytsariyalik 21 yoshli futbolchining bir yillik ijarasi bo'yicha kelishuvga erishgan. Ijara shartnomasida futbolchini sotib olish imkoniyati ko'zda tutilmagan.

Ma'lumot uchun, Atekeme «rossoneri»ga o'tgan mavsumda Shveytsariyaning «Yong Boyz» klubidan 10 million yevro evaziga transfer qilingan edi. U Italiya jamoasi safida shu vaqtga qadar 33 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta assistni qayd etgan.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Atekemening bozor qiymati hozirda 15 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lyon Lyon
  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar