Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Milan» «Lion» bilan 21 yoshli futbolchini muddatidan oldin qaytarish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan. Dastlabki muzokaralar allaqachon o‘tkazib ulgurilgan, biroq kelishuvni amalga oshirish uchun Italiya klubiga «Lion»ning roziligi kerak bo‘ladi. Fransuzlar tovon puli talab qilishlari ehtimoldan xoli emas.
Bu mavsumda Atekame barcha musobaqalarni hisobga olganda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Atekamening «Milan» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030-yilning yozigacha mo‘ljallangan.