Live
1
O'zbek

Kurtua «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun asosiy favoritni aytdi

Futbol
21 oktabr, 09:39
    45
2026 yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Kurtua «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun asosiy favoritni aytdi
Фото: Getty Images

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua 2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofoti uchun kurash haqida fikr bildirdi.

Belgiyalik futbolchining fikricha, ushbu sovringa uning jamoadoshi Kilian Mbappe «Barselona» vingeri Lamin Yamalga qaraganda ko‘proq munosib.

«Menimcha, Mbappe bu mukofotga loyiq. Albatta, har kim o‘z qarashlariga asoslanib ovoz beradi. Yamal jahon chempioniga aylandi, «Barselona» bilan La Ligada g‘olib chiqdi va ajoyib yilni o‘tkazdi. Ammo individual darajada Kiliаn Mbappedan yaxshiroq futbolchi bo‘lgan deb o‘ylamayman», — deya Kurtuaning so‘zlaridan keltiradi AS nashri.

Ma’lumot uchun, Mbappe o‘tgan mavsumda «Real» safida 44 ta uchrashuv o‘tkazib, 42 ta gol va yettita golli uzatmaga mualliflik qilgan. Yamal esa «Barselona» va Ispaniya milliy jamoasidagi muvaffaqiyatlari bilan mukofotning asosiy da’vogarlaridan biri hisoblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

45 izoh +3 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar