Live
5
O'zbek

De Rossi yozgi transferlar oynasi muddatini tanqid qildi

Futbol
9 avgust, 15:07
Italiyada yozgi transferlar oynasi 28 iyun kuni ochilgan.
De Rossi yozgi transferlar oynasi muddatini tanqid qildi
Фото: Getty Images

«Jenoa» bosh murabbiyi Daniele De Rossi yozgi transferlar oynasining mavsum boshlanganidan keyin ham davom etishini tanqid qildi.

«Chempionat boshlanganidan keyin yopiladigan transferlar oynasi — absurd holat. Bu ahmoqlik va xatodir. Bunday tizim kimga yoqishi va kim bunga rozi bo‘lishi mumkinligini tushunmayman. Bu vaziyat barcha uchun zararli. Agar muddat qisqartirilsa, klublar va murabbiylar haqiqiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinlar boshlanguniga qadar o‘z tarkibi haqida ancha aniq tasavvurga ega bo‘lishardi. Barchamiz bir qayiqdamiz va u yoki bu darajada bu holatdan norozimiz», — deya De Rossining so‘zlarini keltirdi TMW.

Ma’lumot uchun, Italiyada yozgi transferlar oynasi 28 iyun kuni ochilgan. Uning yopilish sanasi esa mavsum boshlanganidan keyingi davrga to‘g‘ri kelishi belgilangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar