"Arsenal" klubi hujumchi Gabriel Jezuning kelajagi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini belgilab oldi. Bu haqda Globo Esporte xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "to‘pchilar" Jezuni yozgi transferlar oynasida sotishga tayyor. London klubi 29 yoshli futbolchining transferi uchun kamida 23 million yevro olishni istamoqda.
Jezusga da'vogarlar orasida "Napoli" klubi bor. Neapolliklar braziliyalik hujumchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda va uni tarkibni kuchaytirish variantlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.
O‘tgan mavsum Jezus Angliya Premer-ligasida 14 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urgan.