Live
5
O'zbek

Kurtua: «Mourinyo bilan birgalikda «Real»da ajoyib yillarni o'tkazamiz»

Futbol
9 avgust, 14:44
Ular avval «Chelsi»da birga ishlagan.
Kurtua: «Mourinyo bilan birgalikda «Real»da ajoyib yillarni o'tkazamiz»
Фото: Getty Images

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan birga ishlash taassurotlari haqida fikr bildirdi.

«Mourinyo — juda talabchan murabbiy. U intizomga katta e'tibor qaratadi va alohida futbolchilardan ko'ra jamoani ustun qo'yadi. Menimcha, g'alaba qozonish uchun aynan shu jihatlar juda muhim.

U ajoyib murabbiy, inson sifatida esa juda ochiq. Hamma narsani qanday bo'lsa, shunday aytadi va bu menga yoqadi. Menimcha, biz ham aynan shu yo'ldan borishimiz kerak.

«Chelsi»da birga ishlaganmiz va Angliya Premer-ligasida g'olib chiqqanmiz. Albatta, u haqida menda yaxshi xotiralar qolgan. Shuning uchun yana uning qo'l ostida ishlayotganimdan xursandman. Umid qilamanki, bu yerda birgalikda ajoyib yillarni o'tkazamiz», — deya Kurtuaning so'zlaridan keltiradi Marca nashri.

Eslatib o'tamiz, Kurtua va Mourinyo avval «Chelsi»da birga ishlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar