Madridning «Real» klubi sardori Federiko Valverde portugaliyalik yangi jamoadoshi Bernardu Silva haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bernardu yoz avvalida «qaymoqranglilar» safiga «Manchester Siti»dan kelib qo‘shildi. Futbolchining «shaharliklar» bilan shartnomasi muddati yakuniga yetdi va o‘yinchi o‘zini boshqa jamoada sinab ko‘rmoqchiligi, shu sababli yangi bitim imzolamasligini ma’lum qildi.
Kuni kecha xavbek Joze Mourinio qo‘l ostidagi ilk o‘yinini «Ferensvarosh»ga qarshi o‘tkazdi.
«Bernardu – ajoyib futbolchi. Maydonda u bilan to‘qnashish doimo yoqimli edi, lekin qiynalishimga to‘g‘ri kelardi. U endi biz bilan ekanligidan juda ham xursandmiz», – deya Valverde so‘zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Xtra.
Eslatib o‘atmiz, «Real»ning yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi Vengriyaning «Ferensvarosh» klubiga qarshi o‘yini 2:1 hisobida ispanlarning foydasiga hal bo‘ldi. Silva bir bo‘lim harakat qilgan bo‘lsa, 1 ta golli uzatma yetkazgan Valverde 86-daqiqada zaxiraga olindi.