«Brentford» hujumchisi Igor Tiago Yevropaning top-klublari e'tiboriga tushdi. Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.
«Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Tottenhem» braziliyalik futbolchiga vositachilar orqali qiziqish bildirgan. Shuningdek, «Bavariya» ham futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
«Brentford» esa bu yozda oʻzining asosiy futbolchisi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqishni rejalashtirmayapti. Hujumchining oʻzi ham klubni tark etish niyatida emas.
Ma'lumot oʻrnida, Tiago oʻtgan mavsum APLning eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida 22 ta gol bilan 2-oʻrinni egalladi. U faqat Erling Holanddan ortda qoldi, norvegiyalik forvard 27 ta gol urgandi.
Avvalroq «Brentford» oʻz tarixidagi rekord transferni amalga oshirgani ma'lum qilingan edi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi