Live
1
O'zbek

Sobolenko raqibalari haqida: «Keyingi bahsda imkoniyatni boy bersang, meni yutib nima qilasan?»

Tennis
9 avgust, 04:56
Jahonning birinchi raqamli raketkasi mag‘lubiyatlari bilan bog‘liq qiziq bir tendensiyaga munosabat bildirdi.
Sobolenko raqibalari haqida: «Keyingi bahsda imkoniyatni boy bersang, meni yutib nima qilasan?»
Foto: Getty Images

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi, belaruslik Arina Sobolenko o‘z mag‘lubiyatlari bilan bog‘liq qiziqarli tendensiyaga izoh berdi.

– Adashmasam, birinchi davrada Andrea Petkovich [germaniyalik tennischi] qiziq bir statistikani aytib o‘tgandi: Rim–2025 turniridan buyon sizni finalga qadar mag‘lub etganlarning barchasi keyingi davradayoq yutqazib qo‘ygan. Bu statistikadan xabaringiz bormidi? Bu tendensiya haqida bilarmidingiz?
– Keyingi davrada nima bo‘lishini bilsangiz, meni yutishdan nima naf? (Kuladi.) Yo‘q, jiddiy aytadigan bo‘lsam, menimcha, bu shunchaki tasodif. Bilmadim. Balki, so‘nggi mag‘lubiyatlarimning barchasida bahs uch set davom etgani uchundir. Ular juda murakkab, qiyin o‘yinlar bo‘ldi. Ba’zan, raqibning o‘yinini ertasi kunga belgilashadi, uch setlik bahsdan so‘ng yana yaxshi tennis ko‘rsatish qiyin kechadi. Jismonan tiklanish mushkul. Demak, bu, ehtimol, taqvim bilan bog‘liq masaladir. Bilmadim. Lekin umuman olganda, statistika hayratlanarli, tennischilarga qo‘shimcha bosim o‘tkazish uchun bu haqda ko‘proq gapirishimiz kerak (kuladi), – dedi Sobolenko o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Torontoda (Kanada)gi musobaqaning to‘rtinchi davrasida Arina Sobolenko rossiyalik Yekaterina Aleksandrovaga 6:7 (3:7), 6:4, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugungi yangiliklar