«Brayton» vingeri Kaoru Mitoma faoliyatini «Tottenhem»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «Brayton» 29 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida hozircha kelishuvga erisha olmayapti. Yaponiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.
«Tottenhem» esa ushbu vaziyatdan foydalanib, Mitomani o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Qayd etilishicha, futbolchining transferiga «taqachilar» bosh murabbiyi Roberto de Zerbiyning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda. Italiyalik mutaxassis avval «Brayton»da ishlagan va Mitomaning imkoniyatlarini yaxshi biladi.
Shu bilan birga, vingерga «Liverpul» va «Bavariya» ham qiziqish bildirmoqda. Hozircha Mitoma jarohatidan tiklanishda davom etayotgani sabab bu mavsumda hali maydonga tushmadi.
Avvalroq Kaoru APLda 100 ta o‘yin o‘tkazgan uchinchi yaponiyalik futbolchiga aylangani ma’lum qilingandi.