Live
2
O'zbek

«Brayton» vakillari APLda oyning eng yaxshilari deb topildi

Futbol
2 oktabr, 12:20
    4
Gross ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan eng yoshi katta futbolchilar qatoridan o‘rin oldi.
«Brayton» vakillari APLda oyning eng yaxshilari deb topildi
Foto: Getty Images

«Brayton» yarim himoyachisi Paskal Gross APLda sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

35 yoshli nemis futbolchisi o‘tkazilgan 3 ta o‘yinda 2 ta gol urdi, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi va «chaykalar»ga o‘tgan oyni mag‘lubiyatsiz yakunlashga yordam berdi.

Paskal Muhammad Bellumi («Hall»), Jayden Bogle («Lids»), Aleksander Isak va Jeremi Jake (ikkalasi ham — «Liverpul»), Xaralambos Kostulas («Brayton»), Kevin Shade («Brentford») hamda Antuan Semenyoni («Manchester Siti») ortda qoldirdi.

Grossdan kattaroq yoshda ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan atigi besh futbolchi bor: Styuart Pirs (38 yosh 10 oy), Teddi Sheringem (38 yosh 6 oy), Krishtianu Ronaldu (37 yosh 2 oy), Janfranko Zola (36 yosh 3 oy) va Pol Skoulz (35 yosh 9 oy).

«Brayton» ustozi Fabian Hurzeler esa oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Nemis mutaxassisi o‘tgan oyda jamoa bilan 3 ta bahsda 2 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etib, to‘plar nisbati bo‘yicha «+8» natijaga erishdi.

33 yoshli murabbiy ovozlar soniga ko‘ra Andoni Iraola («Liverpul») va Enso Mareskani («Manchester Siti») ortda qoldirdi. Fabian faoliyatida ikkinchi bor APLda oy murabbiyiga aylandi. Birinchisi 2024 yil avgust oyiga to‘g‘ri keladi.

Oyning eng chiroyli goli muallifi ham «Brayton»dan bo‘ldi. Jamoa sardori Lyus Dankning «Koventri»ga (5:0) qarshi bahsdagi goli nominatsiyada g‘olib chiqdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brayton Brayton
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar