Zinedin Zidan o‘z futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi epizod — 2006 yilgi jahon chempionati finalida Marko Materazzining ko‘ksiga boshi bilan zarba bergan voqeani esladi.
54 yoshli mutaxassis boshchiligidagi Fransiya milliy jamoasi 2 oktabr kuni Millatlar ligasida Italiyaga qarshi o‘ynaydi.
«Bu kadrlarni hamma joyda qayta-qayta ko‘rsatishadi, men ham ko‘rganman. O‘sha kundan beri Materazzi bilan gaplashganim yo‘q. Qilgan ishimdan faxrlanmayman, buni har doim aytganman. Ammo shu bilan birga afsuslanmayman ham. Bu — mening faoliyatimning bir qismi.
Yaxshiyamki, faoliyatim davomida qilgan ishlarim faqat shu voqeadan iborat emas. Ijobiy va yoqimli lahzalar ham ko‘p bo‘lgan va men aynan ularni eslashni afzal ko‘raman. Axir futbolchilik faoliyati faqat ajoyib lahzalardan iborat bo‘lishi mumkin emas», — deya Zidanning so‘zlarini keltiradi Football Italia.
Zidan: «Materazzi bilan bo‘lgan voqeadan faxrlanmayman, ammo afsuslanmayman ham»
Futbol
2 oktabr, 11:53
15
Fransiya ustozi Italiyaga qarshi bahs oldidan futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi epizod haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
02.10.2026, 14:45
UEFA Millatlar ligasi. A liga
Fransiya
-
:
-
Italiya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi