FIFA kunlari doirasida Xitoy milliy jamoasi muxlislari qarshisida Falastinga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuvda Falastin milliy jamoasi kutilmaganda Xitoyni tor-mor etdi – 5:0. O‘yinda mehmonlar safida Asad Al-Hamlauiy va Oday Dabbag‘ dublga erishdi.
Avvalroq, Falastin milliy jamoasi so‘nggi o‘yinda 4 kun oldin Zoir Jo‘raboyevning chetlatilishidan keyin 10 kishi bo‘lib qolgan Tojikiston milliy jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etgandi.
O‘rtoqlik o‘yini. 2 oktabr
Xitoy – Falastin – 0:5
Gollar: Asad Al-Hamlauiy 16, 23, Dabbag‘ 45, 54, Ahmad 75.
Ma’lumot uchun, Xitoy milliy jamoasi Osiyo kubogi-2027da Eron, Suriya, Qirg‘iziston bilan bir guruhdan joy olgan. Falastin esa A guruhida Saudiya Arabistoni, kuvayt va Ummonga qarshi maydonga tushadi.
O‘rtoqlik o‘yini. Xitoy o‘z maydonida Falastinga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi
Futbol
2 oktabr, 12:43
31
Avvalroq Falastin Tojikistondan ham ustun kelgandi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi