Live
1
O'zbek

Ferdinand: «Ronalduga shon-sharaf. Krishtianugacha Portugaliya qayerda edi?»

Futbol
2 oktabr, 13:40
    7
«MYU»ning sobiq himoyachisi milliy jamoadan ketib qolgan 41 yoshli hujumchining tarafini oldi.
Ferdinand: «Ronalduga shon-sharaf. Krishtianugacha Portugaliya qayerda edi?»
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Krishtianu Ronalduning Portugaliya milliy jamoasi yig‘inini tark etganidan keyingi vaziyat haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 1-oktabr kuni Kopengagenda Daniyaga (4:2) qarshi Millatlar ligasi bahsi arafasida 41 yoshli hujumchi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli milliy jamoa safini tark etgandi. Shundan so‘ng Krishtianuning Portugaliyadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabarlar tarqaldi.

Ferdinand o‘z podkastida Ronalduning faoliyati haqida fikr yuritgan parchani e’lon qildi.

«Krishtianu Ronaldudan oldin Portugaliya qayerda edi? Umuman, nimagadir erishganmidi? Hech bo‘lmasa yirik turnirlarga chiqarmidi? Biror narsa yutishi haqida gapirmasak ham bo‘ladi.

Ko‘pchilik uning faoliyatiga so‘nggi 3-4 yil nuqtayi nazaridan baho berayotgani jahlimni chiqaradi. U hali ham o‘z yoshidagi futbolchi uchun fantastik statistika qayd etmoqda. U qaysi ligada o‘ynayotgani muhim emas — baribir bu juda yuqori ko‘rsatkichlar.

Menimcha, ko‘pchilik bir daqiqa bo‘lsa ham o‘tmishga qaytishi kerak... Uning «Yuventus»dagi davrini eslash, u yerda nimalarga erishganini ko‘rish lozim. «Real»dagi davrini ham. Va «Manchester Yunayted»dagi faoliyatini. Shunday taassurot paydo bo‘ladiki, go‘yo u uchta futbolchilik faoliyatini bitta kareraga jamlagan. Jahon darajasidagi uchta karera»
, — dedi Ferdinand videoda.

«Ronalduga shon-sharaf! Iltimos, bu futbolchiga biroz hurmat ko‘rsating!» — deb yozdi Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi o‘z postiga.

Portugaliya jami to‘qqiz 9 jahon chempionatiga yo‘llanma olgan. Ushbu ishtiroklarning 6 tasi Ronaldu 2003-yil avgust oyida milliy jamoada debyut qilganidan keyin amalga oshgan.

Portugaliya, shuningdek, 9 bor Yevropa chempionatining final bosqichida ishtirok etgan, ularning 6 tasi Ronaldu davriga to‘g‘ri keladi.

Krishtianu Ronaldu bilan birga Portugaliya o‘z tarixidagi ilk sovrinlarni ham qo‘lga kiritdi: 2016-yilda Yevropa chempionati, 2019 hamda 2025-yillarda Millatlar ligasi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar