UEFA Millatlar ligasining 3-turida Qozog‘iston milliy jamoasi yana ochko yo‘qotdi.
Ostona shahrida o‘tgan bahsda mezbonlar «K» guruhi doirasida Moldovani qabul qilib, mag‘lub bo‘ldi. Kleshenko va Popeskuning gollariga Nurali Alip bitta gol bilan javob qaytardi — 1:2.
Moldovaliklar safida «Dinamo» legioneri Mixail Shtefan 76-daqiqada maydonga tushdi va jamoasining g‘alabasini saqlab qolishga yordam berdi.
Ta’kidlash kerakki, Moldova bu natija orqali 18 ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga barham berdi. Ular so‘nggi marta 2024-yilda Andorradan ustun kelishgandi.
Moldova bu g‘alabadan keyin «K» guruhida 4 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi, Qozog‘iston esa 1 ochko bilan so‘nggi 4-o‘ringa tushdi. Qozog‘lar o‘tgan ikki turda Farer orollari bilan durang qayd etib, Slovakiyaga mag‘lub bo‘lgandi.
Millatlar ligasi. 2-oktabr
C ligasi. K guruhi. 3-tur.
Qozog‘iston – Moldova – 1:2
Gollar: Kleshenko 45+1 (0:1), Popesku 50 (0:2), Alip 64 (1:2).
Ma’lumot uchun, Qozog‘iston 4-turda 6-oktabr kuni Farer orollarini qabul qilsa, Moldova Kishinyovda Slovakiyaga qarshi maydonga tushadi.
Millatlar ligasi. Qozog‘iston Ostonada Moldovaga mag‘lub bo‘lib, guruhda so‘nggi o‘ringa tushdi
Futbol
2 oktabr, 13:18
9
Moldova bungacha 18 ta o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgandi.
Foto: Getty Images
02.10.2026
FT
UEFA Millatlar ligasi. C ligasi
Qozog‘iston
1
:
2
Moldova
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi