«Bayer» hujumkor yarimhimoyachisi Ibrohim Maza faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. 20 yoshli futbolchi bir nechta ingliz klublarining e’tiborini tortgan.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, Maza bilan Londonning «Arsenal» va «Tottenhem» klublari jiddiy qiziqmoqda. Bundan tashqari, Jazoir milliy jamoasi futbolchisining xizmatlariga «Chelsi», «Manchester Siti» va «Aston Villa» ham qiziqish bildirmoqda.
Maza ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida beshta bahsda maydonga tushdi. U mazkur bahslarda bir gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli futbolchining «Bayer» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Bu esa nemis klubi uchun futbolchini sotishda qulay shartlarni belgilash imkonini beradi.
Transfermarkt portali Mazaning transfer qiymatini 45 mln yevroga baholamoqda.