Live
6
O'zbek

«Arsenal» va «MYU» portugaliyalik futbolchini 65 mln yevroga olishi mumkin

Futbol
28 sentabr, 07:00
«Portu»ning o‘ng qanot himoyachisi Alberto Koshta Angliya Premyer-ligasining ikki top-klubi e’tiborini tortdi.
«Arsenal» va «MYU» portugaliyalik futbolchini 65 mln yevroga olishi mumkin
Foto: Getty Images

«Portu» o‘ng qanot himoyachisi Alberto Koshta Angliya Premyer-ligasining top-klublari qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

22 yoshli portugaliyalik futbolchining o‘yinlarini Londonning «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublari kuzatmoqda. Koshta uchun ehtimoliy transfer ingliz klublariga 65 mln yevroga tushishi mumkin. Ushbu summa futbolchining «Portu» bilan shartnomasida tovon puli sifatida ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, Alberto Koshta 2025-yil yozidan buyon «Portu» safida to‘p tepmoqda. Himoyachining Portugaliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining transfer qiymati 18 mln yevroga baholanmoqda. Futbolchining shartnomasidagi tovon puli 65 mln yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Arsenal Arsenal
  • FC Porto FC Porto
Bugungi yangiliklar