«Bryugge» chap qanot himoyachisi Xoakin Seys «Manchester Yunayted» uchun tarkibni kuchaytirish variantiga aylandi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Yunayted»ning ustuvor transfer maqsadi bo‘lgan Nataniel Braun yozda «Bavariya»ga o‘tgan. Klub shuningdek, Lyuis Xollni ham ko‘rib chiqqan, biroq futbolchi «Nyukasl» bilan yangi shartnoma imzolagan.
Shundan so‘ng «Manchester Yunayted» Seys nomzodiga e’tibor qaratgan. 21 yoshli himoyachi ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida to‘qqizta bahsda maydonga tushib, to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Xoakin Seys 2024-yildan buyon «Bryugge» safida to‘p tepmoqda.
Ma’lumot uchun, futbolchining Belgiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt Seysning transfer qiymatini 20 mln yevroga baholamoqda.