Live
1
O'zbek

Mitoma APLda 100 ta o‘yin o‘tkazgan uchinchi yaponiyalik futbolchiga aylandi

Futbol
20 yanvar, 02:30
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord Maya Yoshidaga tegishli.
Mitoma APLda 100 ta o‘yin o‘tkazgan uchinchi yaponiyalik futbolchiga aylandi
Foto: Getty Images

«Brayton» yarimhimoyachisi Kaoru Mitoma APLda 100 ta o‘yin o‘tkazgan uchinchi yaponiyalik futbolchiga aylandi.

Mitoma APL doirasidagi «Bornmut»ga qarshi o‘yinda (1:1) maydonga tushdi. Shu tariqa, 28 yoshli futbolchi Angliya chempionatida 100 ta uchrashuv o‘tkazgan tarixdagi uchinchi yaponiyalik futbolchi bo‘ldi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord Maya Yoshidaga tegishli, u APLda 154 ta o‘yin o‘tkazgan. 2-o‘rindan esa Shinji Okazaki joy olgan (114 ta o‘yin).

Ma'lumot o‘rnida, Mitoma bu mavsum APL doirasida 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 gol va 1 assist muallifi bo‘ldi. Avvalroq Mitoma «Brayton» qolish niyatida ekanini ma'lum qilgandi.

Bugungi yangiliklar