Live
1
O'zbek

Mitoma «Brighton»da qolishni istayotganini maʼlum qildi

Futbol
3 iyul, 12:56
Unga hozirda «Bavariya» qiziqish bildirmoqda.
Mitoma «Brighton»da qolishni istayotganini maʼlum qildi
Foto: Getty Images

«Brighton» futbolchisi Kaoru Mitoma jamoada qolish va klub bilan yangi shartnoma imzolash niyatida ekanini maʼlum qildi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.

«Brighton» yaponiyalik vingerning maoshini sezilarli darajada oshirmoqchi. Chunki uning amaldagi shartnomasi yana ikki yildan soʻng tugaydi.

«Bavariya» Mitomani yozgi transferlar roʻyxatiga kiritgan. Shuningdek, Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi yanvarda uni sotib olishga urinib koʻrgan, biroq muvaffaqiyatga erisha olmagan.

Oʻtgan mavsumda 28 yoshli futbolchi APLda 36 ta oʻyinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta assistni amalga oshirdi. Avvalroq «Brighton» italiyalik himoyachi bilan shartnoma imzolagani maʼlum qilingandi.

Bugungi yangiliklar