Avvalroq «Liverpul» «Nyukasl» va Germaniya milliy jamoasi hujumchisi Nik Voltemadega qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘lgandi. Bu haqda CaughtOffside nashri xabar bermoqda.
Biroq futbolchiga talabgorlar ko‘p. Xususan, Voltemadening xizmatlariga «Manchester Yunayted», Dortmundning «Borussiya»si, «Atletiko» va «Aston Villa» klublari qiziqish bildirmoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Nyukasl» hujumchini sotishga tayyor. Klub Nik Voltemade transferidan 65 million yevro ishlab olmoqchi.
Esaltib o‘tamiz, futbolchi 2025-yilda «Shtutgar«» safidan APLga ko‘chib o‘tgan edi.