«Barselona» klubining niderlandiyalik yarimhimoyachisi Frenki de Yong «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodrining transferining bir qismiga aylanishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklar Rodri bo‘yicha kelishuv doirasida ingliz klubiga de Yongni o‘z safiga qo‘shib olishni taklif qilgan. «Siti»ning bunday taklifga munosabati hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli de Yong o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarni hisobga olganda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ispaniyalik yarimhimoyachi Rodri esa o‘tgan mavsumda «Manchester Siti» safida 33 o‘yinda 2 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, Yevropada yangi mavsum avgust oyining ikkinchi qismida start olishi rejalashtirilgan.