Live
2
O'zbek

«Barselona» sobiq sardori Roberto MLS klubiga o'tdi

Futbol
8 avgust, 18:30
34 yoshli futbolchi «Komo»ni tark etib, okeanortiga yo'l oldi.
«Barselona» sobiq sardori Roberto MLS klubiga o'tdi
Foto: Getty Images

Serxi Roberto faoliyatini MLSda davom ettiradi.

«Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi va sardori «Komo»ni tark etib, erkin agent sifatida «Los-Anjeles Gelaksi» safiga qo'shildi. U bilan shartnoma 2028 yil iyun oyi oxirigacha tuzilgan bo'lib, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

Ispaniyalik 34 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda A Seriyada 20 ta bahsda maydonga tushgan, ammo gol urmagan va assist qayd etmagan.

Ma'lumot uchun, Roberto «Barselona» safida 7 bor La Ligan, 6 marta Ispaniya kubogini, 3 marta mamlakat superkubogini, 2 bor YCHLni, 1 martadan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati va Yevropa superkubogini yutgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • LA Galaxy LA Galaxy
  • MLS USA MLS USA
Bugungi yangiliklar