"Lids" vingeri Jek Harrisonning AQShning MLS chempionatida ishtirok etuvchi "Nyu-Inglend Revolyushn" klubiga o'tgani e'lon qilindi.
29 yoshli futbolchi yangi klubi bilan shartnoma imzoladi. Transfer qiymati oshkor qilinmadi.
Harrison "Lids"ga ilk bor 2018 yil yozida "Manchester Siti"dan ijaraga asosida kelgandi. U Marselo Bielsa boshchiligida jamoaga Chempionship g'olibligini qo'lga kiritish va 16 yillik tanaffusdan so'ng Angliya Premyer-ligasiga qaytishda yordam bergan.
2021 yil yozida "Lids" ingliz futbolchisining transfer huquqini to'liq sotib oldi. Keyingi mavsumda esa uning "Brentford"ga qarshi bahsning qo'shimcha daqiqalarida urgangan g'alaba goli jamoaning Premyer-ligadagi o'rnini saqlab qolishiga yordam berdi.
2025/26 yilgi mavsumda Harrison "Lids" safida 13 ta bellashuvda maydonga tushdi. Shundan so'ng u ijaraga asosida Italiya "Fiorentina" klubiga o'tdi va u yerda 22 ta o'yinda ishtirok etdi.
"Lids" Harrisonni MLS klubiga sotdi
Futbol
26 iyul, 12:41
Angliyalik vinger faoliyatini okeanortida davom ettiradi.
Foto: New England Revolution