«Real»ning sobiq himoyachisi Dani Karvaxal faoliyatini «Xetafe»da davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Qayd etilishicha, tomonlar transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan, rasmiy e’lon esa yaqin vaqt ichida kutilmoqda.
Insayderning xabar berishicha, «Xetafe» Karvaxal bilan shartnoma imzolash bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Futbolchi tibbiy ko‘rikdan ham muvaffaqiyatli o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Dani 2013-yildan 2026-yilga qadar «Real»ning asosiy jamoasida to‘p tepgan. Ispaniyalik himoyachi «Real» bilan olti marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.Karvaxal faoliyatining asosiy qismini «Real»da o‘tkazgan va klub sardori sifatida ham maydonga tushgan.
Avvalroq Karvaxal faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkinligi xabar qilingandi. Ammo kelishuv amalga oshmay qolgandi.