Live
1
O'zbek

«Bavariya» Olmo uchun asosiy da’vogarga aylandi

Futbol
7 oktabr, 09:19
Transfermarkt uning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.
«Bavariya» Olmo uchun asosiy da’vogarga aylandi
Фото: Getty Images

«Bavariya» klubi «Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmoni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi ispaniyalik 28 yoshli futbolchining transfer imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Kelishuv qishki transfer oynasida amalga oshishi dargumon.

O‘z navbatida, «Barselona» Olmoni 80–90 million yevro atrofida baholamoqda. Shuningdek, unga «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenhem» jamoalari ham da’vogarlik qilmoqda. «Al-Hilol» ham Olmo uchun taklif yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Danining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar