Ispaniyalik hujumchi Pedro Rodriges professional faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Pedro o‘z qarorini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, 39 yoshli futbolchining so‘nggi klubi Italiyaning «Latsio» jamoasi bo‘ldi.
«Vaqt kelganini his qilyapman. Hayotimda yangi sahifani ochish va oldinga qadam tashlash vaqti keldi. Orzumni amalga oshirganimdan faxrlangan holda faoliyatimni yakunlayapman. Bu orzuim ro‘yobga chiqishiga yordam bergan va doimo yonimda bo‘lgan barcha insonlardan minnatdorman. Meni shunchalik baxtli qilganing uchun, futbol, senga rahmat», — deb yozdi Pedro.
Pedro faoliyati davomida Yevropaning bir qator grand klublarida to‘p tepgan. Xususan, «Barselona», «Chelsi» va «Roma» sharafini himoya qilgan.
Ispaniya milliy jamoasi safida ham katta yutuqlarga erishgan Pedro 2010 yilgi jahon chempionati va 2012 yilgi Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi