Bugun
10
O'zbek

Gordon: «Ispaniyada futbol sekinroq o‘ynaladi»

Futbol
7 oktabr, 02:00
«Barselona»ning yangi futbolchisi Ispaniya va Angliya chempionatlari o‘rtasidagi farq haqida fikr bildirdi.
Gordon: «Ispaniyada futbol sekinroq o‘ynaladi»
Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Entoni Gordon La Liga va Angliya Premyer-ligasi o‘rtasidagi farq haqida gapirdi. Uning fikricha, Ispaniya chempionatida o‘yin sur’ati nisbatan pastroq bo‘lib, to‘p nazoratiga katta e’tibor qaratiladi.

«Premyer-ligadan asosiy farq — intensivlik. Bu yerda hamma narsa sekinroq sodir bo‘ladi va o‘yin to‘p nazoratiga quriladi. Men uchun «Barsa»ning futboli raqib to‘pga imkon qadar kamroq tegishini ta’minlashdan iborat. Ammo hozir harakatlarimizda agressivlik ham paydo bo‘ldi.

Men yaxshi moslashdim, chunki bu o‘yin uslubi «Nyukasl»dagi futbolga juda o‘xshash», — dedi Gordon derbyderbyderby.it nashriga.

Ma’lumot uchun, Gordon «Barselona»ga o‘tishidan avval «Nyukasl» safida to‘p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya Ispaniya
  • Angliya Angliya
Bugungi yangiliklar