Live
10
O'zbek

«Lion» Opendani «Yuventus»dan to‘liq sotib olishi mumkin

Futbol
6 oktabr, 15:47
Fransiya klubi Opendani ijaraga olish uchun 3 million yevro to‘lagan.
«Lion» Opendani «Yuventus»dan to‘liq sotib olishi mumkin
Фото: Getty Images

«Lion» klubi mavsum yakunlanganidan so‘ng «Yuventus»dan hujumchi Loi Opendani to‘liq sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolyeri xabar berdi.

Fransiya klubi Opendani ijaraga olish uchun 3 million yevro to‘lagan. Biroq amaldagi kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi nazarda tutilmagan.

Agar «Lion» klubi Fransiya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa, Opendani sotib olishi mumkin.

O‘z navbatida «zebralar» ham hujumchi borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Futbolchi Italiya klubida o‘z o‘rnini topa olmadi va faoliyatini Fransiyada davom ettirishga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Openda «sherlar» safida barcha turnirlar doirasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lyon Lyon
Bugungi yangiliklar