«Shoʻrtan»ning sobiq ustozi Asror Aliqulov «Xorazm»da ish boshladi. Endilikda u yordamchi murabbiy sifatida Vali Sultonovga yordam beradi.
Tajribali mutaxassis mavsum yakuniga qadar urganchlik murabbiylar shtabida faoliyat yuritadi va jamoani ligada olib qolishga harakat qiladi.
Bunga qadar Aliqulov «Qizilqum», «Shoʻrtan», «Mash’al» jamoalariga ham ustozlik qilgandi. Bu mavsumni gʻuzorliklar bilan boshlagan. Ammo qoniqarsiz natijalar fonida lavozimini tark etgandi.
Eslatib oʻtamiz, «Xorazm» klubini hozirda Vali Sultonov boshqaryapti. U avvalroq iste’foga chiqarilgan Sergey Tokov oʻrnida ish boshladi. Klub Superliga turnir jadvalida 21 ochko bilan 14-pogʻonada bormoqda.