Rossiya milliy jamoasi FIFA kunlari munosabati bilan Nigeriyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushdi. Gollarga boy kechgan uchrashuvda 3:3 hisobi qayd etildi.
Dastlab Iheanachо mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Sadullayev esa muvozanatni tikladi. Tanaffus arafasida Kislyak rossiyaliklarning ikkinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Tanaffusdan keyin Miranchuk uchinchi golni urdi. Ammo 78-daqiqada Edokpolor yana muvozanatni tikladi. 90+4-daqiqada esa Adams Nigeriya milliy jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Rossiya – Nigeriya 3:3
Gollar: Sadullayev 30, Kislyak 45, Miranchuk 54 – Iheanachо 10, Edokpolor 78, Adams 90+4
Rossiya – Maksimenko, Osipenko, Melyoxin, Vaxaniya, Krugovoy, Sadullayev (Glebov, 60), Batrakov, Miranchuk (Glushenkov, 60), Kislyak, Oblyakov, Sobolev (Tyukavin, 60).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi