Live
1
O'zbek

Rossiya o‘rtoqlik bahsida Namibiya darvozasiga 6 ta gol urdi

Futbol
3 oktabr, 14:21
    16
Ushbu bahsni o‘zbekistonlik hakam Abdurashid Xudoyberganov boshqarib bordi.
Rossiya o‘rtoqlik bahsida Namibiya darvozasiga 6 ta gol urdi
Фото: Getty Images
03.10.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Rossiya Rossiya 6 : 0 Namibiya Namibiya

Rossiya milliy jamoasi xalqaro o‘rtoqlik bellashuvida Namibiyaga qarshi o‘ynadi. Unda rossiyaliklar raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi. Ushbu bahsni o‘zbekistonlik hakam Abdurashid Xudoyberganov boshqarib bordi.

Uchrashuvda hisobni 37-daqiqada Lechi Sadulayev ochdi. 54-daqiqada yarimhimoyachi Danil Prutsev mezbonlarning ustunligini ikkita to‘pga yetkazdi. 65-daqiqada Konstantin Tyukavin uchinchi golni urdi. 84-daqiqada Maksim Glushenkov hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi. 87-daqiqada yarimhimoyachi Maksim Petrov 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, beshinchi golni urdi.

90+2-daqiqada esa mehmonlar darvozaboni Kamaijanda Ndisiro to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

Valeriy Kaprin jamoasi keyingi tur uchrashuvini 6-oktabr kuni Nigeriyaga qarshi o‘ynaydi.

O‘rtoqlik o‘yini
Rossiya – Namibiya 6:0
Gollar:
Sadulayev 37, Prutsev 54, Tyukavin 65, Glushenkov 84, Petrov 87, Ndisiro 90+2 avtogol.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Rossiya Rossiya
  • Namibiya Namibiya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

16 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar