Live
1
O'zbek

Braziliya o‘rtoqlik bahsida Hindistonni tor-mor etdi

Futbol
3 oktabr, 12:16
    23
Samuel Lino dubl qayd etdi.
Braziliya o‘rtoqlik bahsida Hindistonni tor-mor etdi
Фото: Getty Images
03.10.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Hindiston Hindiston 0 : 4 Braziliya Braziliya

Braziliya milliy jamoasi Hindistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bahs Hindistonning Kalkutta shahrida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hisobni 28-daqiqada Estevao ochdi. 48-daqiqada hujumchi Pedro Abreu mehmonlarning ustunligini ikkita to‘pga yetkazdi.

58-daqiqada braziliyaliklar yarim himoyachisi Samuel Lino hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Uchrashuvning 90+5-daqiqasida Samuel Lino yana bir bor gol urib, dubl qayd etdi.

Bundan avvalgi o‘rtoqlik uchrashuvida Braziliya Avstraliyani 4:2 hisobida mag‘lub etgan edi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

Hindiston – Braziliya 0:4

Gollar: Estevao 28, Abreu 48, Lino 58, 90+5.

Braziliya – Lukas, Markinos, Duglas Santos (Gabriel, 46), Silva, Fransa Silva Artur Dias, Danilo, Estevao, Andrey Santos, Bontempo, Pedro, Vinisius (Duglas Luis, 46).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Hindiston Hindiston
  • Braziliya Braziliya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

23 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar